Yangi alifbo uçun ilovalar
Ö, Ğ, Ş, Ç harflari bilan yoziş uçun hamma narsa: hujjatlarni ögiradigan ilova, klaviaturalar va Word uçun qöşimça.
Yangi alifbo ilovasi
Word hujjatlarini eski lotin va kirill yozuvidan yangi alifboga ögiradi: Ö, Ğ, Ş, Ç. Uni qurilmangizga örnating yoki hujjatlarni şu brauzerning özida ögiring.
- AndroidTelefon va planşetlarAPK
- WindowsWindows 10 va 11ZIP
- macOSMacZIP
- LinuxUbuntu, Fedora va boşqalarTAR.GZ
- iOSiPhone va iPadTez orada
Barça versiyalar va örnatiş böyiça körsatmalar GitHubda
Brauzerda işlating
Hujjatlarni şu yerning özida ögiring. Heç narsa örnatiş şart emas va hujjatlar qurilmangizdan çiqmaydi.
Klaviaturalar
ö, ş, ğ, ç harflarini hamda ʼ va ʻ belgilarini tugmalardan yozing. Klaviatura uç xil, farqi faqat şu harflar qaysi tugmalarda turganida.

Barça tugmalar US klaviaturadagi joyida qoladi, özbek harflari AltGr bilan yoziladi.
- öAltGr+O
- şAltGr+S
- ğAltGr+G
- çAltGr+C
Har bir tugmada: çap pastda tugmaning özi, çap yuqorida Shift bilan, öng pastda AltGr bilan, öng yuqorida AltGr+Shift bilan yoziladigan belgi. AltGr öngdagi Alt tugmasi. Moviy tugmalar US klaviaturadan farq qiladi. Macda AltGr örniga Option (⌥) ni bosasiz.
Word uçun qöşimça
Wordga Yangi alifbo bölimini qöşadi. Heç narsani özgartirişdan oldin ögiriladigan har bir joyni belgilab körsatadi, siz esa ularni tekşirib çiqasiz.
Qanday işlaydi
- Körib çiqiş ögiriladigan har bir joyni belgilaydi.
- Özgarmasligi kerak bölgan sözdan belgini olib taşlang.
- Qöllaş qolganini ögiradi. Bitta Ctrl+Z hammasini qaytaradi.